
- 1
- 17.08.2026 10:40:00
- 1 min read
Navoiy viloyatida Jinoyat ishlari bo‘yicha Tomdi tuman sudi raisi Aziza Mirzayeva yo‘l-transport hodisasida halok bo‘ldi.
YTH 15-avgust kuni Zarafshon–Tomdi yo‘lida sodir bo‘lgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Mirzayeva boshqargan Cobalt yo‘ldan chiqib, ag‘darilgan. U og‘ir tan jarohatlari oqibatida voqea joyida vafot etgan.
YTHga avtomobil tezligining yuqoriligi sabab bo‘lgani taxmin qilinmoqda. Hodisa sodir bo‘lgan yo‘lning holati ham qoniqarsiz ekani qayd etilgan.
39 yoshli Aziza Mirzayeva 2024-yil dekabridan Tomdi tuman sudi raisi lavozimida faoliyat yuritib kelgan. U ikki farzandning onasi edi.