
- 0
- 23.07.2026 14:48:00
- 1 min read
Rossiyaning Nijniy Novgorod viloyatidagi 17-sonli jazoni ijro etish koloniyasida narkotik moddalarni olib kirishga uringan mushuk qo‘lga olindi.
Ma’lum qilinishicha, mushukning bo‘yniga taqilgan ikkita qo‘lbola mato yoqasidan taqiqlangan moddalar topilgan. Xodimlar ularni musodara qilgan. Narkotiklar manziliga yetib bormagan. Tekshiruvdan so‘ng mushuk qo‘yib yuborilgan.