To‘yi kuni kuyovni almashtirgan kelin

To‘yi kuni kuyovni almashtirgan kelin
  • 0
  • 28.07.2026 18:01:00
  • 1 min read

Hindistonda to‘y marosimi boshlanishiga bir necha daqiqa qolganda kelin nikohni bekor qildi. Bunga kuyov tomon mehmonlarining mast holda kelib, ayollarga tegajoqlik qilgani sabab bo‘lgani aytilmoqda.

Eng qizig‘i, o‘sha kunning o‘zidayoq kelinning qarindoshlari unga boshqa kuyov topishdi va kechqurun aynan o‘sha to‘yxonada yangi nikoh marosimi bo‘lib o‘tdi. Shuningdek, kelin tomoni birinchi kuyovning oilasi ustidan rasmiy shikoyat ham qilgan.
 

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News