
- 0
- 27.06.2026 17:35:00
- 1 min read
Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi O‘zbekistonda davlat ro‘yxatidan o‘tmagan botulinotoksin preparatlarini qo‘llagan ayrim fuqarolarda botulizm belgilari aniqlanganini ma’lum qildi.
Gap Refinex Botulinum Toxin Type A for Therapy va Dysport 500 preparatlari haqida bormoqda. Ushbu vositalar mamlakatda ro‘yxatdan o‘tmagan bo‘lib, ularning sifati va xavfsizligi tasdiqlanmagan. Hozirda ularning noqonuniy muomalasi yuzasidan tekshiruv olib borilmoqda.
Mutaxassislar ushbu preparatlarni qo‘llaganlarda ko‘rishning xiralashishi, qovoq tushishi, yutinish va nafas olish qiyinlashishi, nutq buzilishi yoki mushaklar kuchsizligi kuzatilsa, zudlik bilan shifokorga murojaat qilishni tavsiya etdi. Shuningdek, fuqarolarni kosmetik preparatlarni faqat rasmiy savdo tarmoqlari orqali xarid qilishga chaqirdi.