Tataristonda halok bo‘lgan 8 nafar o‘zbekistonlikning jasadi vatanga olib kelindi

Tataristonda halok bo‘lgan 8 nafar o‘zbekistonlikning jasadi vatanga olib kelindi
  • 1
  • 12.08.2026 13:03:00
  • 1 min read

Tataristonda dron hujumi oqibatida halok bo‘lgan 8 nafar O‘zbekiston fuqarosining jasadi O‘zbekistonga olib kelindi.


Ular Nijnekamsk shahridagi qurilish korxonasida ishlagan. Hujum oqibatida yana bir qator O‘zbekiston fuqarolari jarohatlangan va shifoxonalarga yotqizilgan.
O‘zbekiston hukumati tomonidan tashkil etilgan maxsus komissiya halok bo‘lganlarning jasadlarini vatanga olib kelish, jabrlanganlarga yordam ko‘rsatish va ularning oilalarini qo‘llab-quvvatlash ishlarini tashkil etdi. 12-avgust kuni maxsus aviareys orqali 8 nafar fuqaroning jasadi O‘zbekistonga olib kelindi. Jarohatlangan fuqarolarga yordam ko‘rsatish ishlari Rossiya tomoni bilan hamkorlikda davom etmoqda.



Eslatib o‘tamiz, 10-avgust kuni Nijnekamskdagi qator obyektlarga Ukraina dronlari hujum qilishi oqibatida 13 kishi halok bo‘ldi. Qurbonlar orasida 8 nafar O‘zbekiston va 1 nafar Tojikiston fuqarosi bor.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News