Behruz Karimov “Chelsi” hamda “Strasburg” futbol klublariga tavsiya etildi

Behruz Karimov “Chelsi” hamda “Strasburg” futbol klublariga tavsiya etildi
  • 8
  • 26.06.2026 18:37:00
  • 1 min read

O‘zbekiston milliy terma jamoasining 18 yoshli himoyachisi Behruz Karimov xalqaro maydondagi ishonchli o‘yini bilan Yevropa futboli vakillarining e’tiborini tortdi. Angliyaning “Chelsi” va Fransiyaning “Strasburg” klublariga egalik qiluvchi BlueCo korporatsiyasi faoliyatini yorituvchi BlueCo Xtra sahifasi Karimovni ushbu klublardan biriga transfer qilishni tavsiya qildi. Sahifada yosh futbolchining O‘zbekistonning eng iqtidorli himoyachilaridan biri ekani, himoyada faol harakat qilishi va kuchli raqiblarga qarshi ishonchli o‘yin namoyish etgani ta’kidlangan.

Ma’lumot uchun, Behruz Karimov Jahon chempionatida Kolumbiya va Portugaliyaga qarshi uchrashuvlarda asosiy tarkibda maydonga tushib, Luis Dias hamda Nunu Mendesh kabi futbolchilarga qarshi munosib o‘yin ko‘rsatdi. Shuningdek, u musobaqa davomida 15 marta to‘pni olib qo‘yish, 34 ta yakkakurashda qatnashish va 6 ta muvaffaqiyatli dribling amalga oshirgani bilan ham ajralib turadi. Hozirda, Behruz Karimov “Surxon” klubi safida to‘p surmoqda.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News