
- 0
- 30.06.2026 11:31:00
- 1 min read
Meksikaning Xalisko shtatidagi Lagos-de-Moreno shahrida o‘zini “Betmen” deb atayotgan noma’lum shaxs tunlari mototsikl o‘g‘rilarini ushlab, qo‘l-oyoqlarini skotch bilan ko‘cha chiroqlari ustunlariga bog‘lab ketmoqda.

So‘nggi 10 kun ichida kamida 5 ta shunday holat qayd etilgan. Ayrimlarining og‘zigacha skotch yopishtirilgan, peshonalariga esa “o‘g‘ri” deb yozilgan.
Mahalliy politsiya bu harakatlarni qonunga zid deb baholab, bog‘lab ketilganlarning aybi hali sudda isbotlanmagani sababli, ularni jabrlanuvchi sifatida ko‘rmoqda. Hozirda “Betmen” qidiruvga berilgan.