Jizzaxda attraksion sinib ketdi

Jizzaxda attraksion sinib ketdi
  • 0
  • 11.06.2026 15:01:00
  • 1 min read

Jizzax shahridagi “O‘rda” ekologik madaniyat va istirohat bog‘ida 10-iyun kuni kechqurun “Bashnya padeniya” (Sky Drop) attraksioni sinishi natijasida 4 nafar fuqaro jarohat oldi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 16 o‘rinli ushbu attraksion 2019-yilda ishlab chiqarilgan bo‘lib, so‘nggi texnik ko‘rik 2025-yil 5-noyabrda o‘tkazilgan. Jarohatlanganlar shifoxonaga yotqizilgan, ularning ahvoli turlicha og‘irlikda ekani aytilmoqda.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoda jabrlanganlardan biri zambilda olib ketilayotgani aks etgan.
Hozirda holat yuzasidan tegishli idoralar tomonidan dastlabki tekshiruv va surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News