Chegara postida bolalardan foydalanib tilla va valyuta olib chiqishga urinish fosh etildi

Chegara postida bolalardan foydalanib tilla va valyuta olib chiqishga urinish fosh etildi
  • 0
  • 05.08.2026 18:47:00
  • 1 min read

Toshkent viloyatidagi “Navoiy” chegara bojxona postida bolalardan foydalanib tilla va xorijiy valyutani noqonuniy olib chiqishga uringan ikki holat fosh etildi.
Birinchi holatda ayol chaqalog‘ining tagligi orasiga umumiy og‘irligi qariyb 200 gramm bo‘lgan ikki dona tilla quymasini yashirgan. Shuningdek, uning yonidan deklaratsiya qilinmagan 70 gramm tilla taqinchoqlar ham topilgan. Olib chiqishga uringan tilla buyumlarning qiymati 450 million so‘mga baholangan.
Ikkinchi holatda esa qo‘shni davlat fuqarosi 14 yoshli qizining kiyimi ostiga 40 ming AQSH dollarini yashirib, chegaradan olib chiqishga uringanida to‘xtatib qolingan.
Har ikki holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News