
- 0
- 31.07.2026 10:55:00
- 1 min read
Toshkentda Instagram’da ayollarga nisbatan zo‘ravonlikni targ‘ib qiluvchi mazmundagi post joylashtirgan sportchi Solihjon Ibragimov ma’muriy javobgarlikka tortildi.
U mashg‘ulot jarayonidan videoni e’lon qilib, unga “Bo‘lajak xotinim faqat aniq zarbalarni qabul qilishi uchun mashq qilyapman”, degan izohni yozgan.
Shundan so‘ng Nemolchi.uz loyihasi rahbari Irina Matviyenko ichki ishlar organlariga murojaat qilib, unga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.
Sudda Solihjon Ibragimov aybiga to‘liq iqror bo‘lib, qilgan ishidan pushaymon ekanini bildirgan.
Sud uni Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 189¹-moddasi bilan aybdor deb topdi va 60 BHM — 24,72 mln so‘m miqdorida jarimaga tortdi. Shuningdek, uning iPhone 15 Pro Max mobil telefoni davlat foydasiga musodara qilindi.