
- 0
- 27.06.2026 14:07:00
- 1 min read
Argentinada sakkiz karra “Oltin to‘p” sohibi va jahon chempioni Lionel Messining 26 metr balandlikdagi, 70 tonna og‘irlikdagi haykali o‘rnatildi. Unda Messi 2022-yilgi Jahon chempionati g‘alabasini nishonlayotgan holatda tasvirlangan.
Haykal ijtimoiy tarmoqlarda ham keng muhokamalarga sabab bo‘ldi. Xususan, foydalanuvchilar Jahon kubogi haykalga juda yaqin joylashtirilganiga e’tibor qaratib, bu borada turli fikrlarni bildirmoqda.