
- 0
- 10.07.2026 18:38:00
- 1 min read
Rossotrudnichestvo rahbari Igor Chayka Rossiyada Inson huquqlari bo‘yicha vakil Yana Lantratova bilan uchrashdi.
Biroq uchrashuvning o‘zi emas, balki e’lon qilingan suratlar internet foydalanuvchilarining e’tiborini tortdi. Ijtimoiy tarmoqlarda ko‘plab foydalanuvchilar 37 yoshli Chaykaning tashqi ko‘rinishini muhokama qilib, uning sog‘lig‘i bilan bog‘liq taxminlarni ilgari surmoqda.
Ayni paytda Chaykaning sog‘lig‘i yuzasidan rasmiy izoh yoki ma’lumot berilmagan. Chayka ushbu lavozimni joriy yilning 27-aprelidan beri egallab kelmoqda.