
- 0
- 29.05.2026 15:56:00
- 1 min read
Fransiyada kuzatilayotgan rekord darajadagi issiq havo oqibatida 7 kishi vafot etdi. Ma’lumotlarga ko‘ra, ularning besh nafari suvda cho‘kib ketgan, yana ikki kishi esa ochiq havodagi sport tadbiri vaqtida hayotdan ko‘z yumgan. Shuningdek, issiq tufayli 16 kishi shifoxonaga yotqizilgan bo‘lib, ulardan 10 nafari og‘ir ahvolda ekani aytilmoqda. Meteorologlar mamlakatning ayrim hududlarida havo harorati 37 darajadan oshganini ma’lum qildi. Bu esa Fransiyada may oyi uchun tarixiy rekord sifatida qayd etildi. Anomal issiq Buyuk Britaniya, Ispaniya va Italiyaga ham ta’sir qilmoqda. Mutaxassislar buni iqlim o‘zgarishi va Yevropa ustida yuzaga kelgan “issiq gumbazi” hodisasi bilan izohlashmoqda