Ayrim tadbirkorlarga QQSning bir qismi qaytariladi

Ayrim tadbirkorlarga QQSning bir qismi qaytariladi
  • 4
  • 04.09.2024 16:23:00
  • 1 min read

Prezidentning 30-avgustdagi farmoniga muvofiq, 2024-yil 1-oktyabrdan turoperatorlik va mehmonxona xizmatlarini, 2025-yil 1-yanvardan umumiy ovqatlanish xizmatlarini ko‘rsatuvchi tadbirkorlarga 2028-yil 1-yanvargacha har oyning 25-sanasiga qadar to‘langan QQSning bir qismini quyidagi miqdorlarda respublika byudjetidan qaytarish tizimi joriy etiladi:

60 foizdan oshgan umumiy ovqatlanish korxonalariga – QQSning 40 foizi;
60 foizdan kam umumiy ovqatlanish korxonalariga – QQSning 20 foizi;
turoperatorlik va mehmonxona xizmatlarini ko‘rsatuvchi tadbirkorlarga – QQSning 20 foizi.

2024-yil 1-noyabrdan barcha uchun ochiq holatda yuritiladigan Inson hayoti va sog‘lig‘iga yuqori xavf soluvchi omillar reyestri joriy qilinadi.
 

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News