Yosh iste’dodlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yangi tizimi joriy etiladi

Yosh iste’dodlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yangi tizimi joriy etiladi
  • 4
  • 01.06.2026 14:37:00
  • 1 min read

Joriy yilning 1-sentabridan boshlab O‘zbekistonda yosh iste’dodlar va ularning ustozlarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan yangi tizim joriy etiladi. Bu haqda prezidentning madaniyat va san’at sohasi xodimlari bilan uchrashuvida ma;lum qilindi. Unga ko‘ra, respublika tanlovi g‘oliblariga 100 million so‘m, nufuzli xalqaro tanlov sovrindorlariga esa, 300 million so‘mgacha mukofot beriladi.
 
Shuningdek, barcha ishtirokchilarning xarajatlari to‘liq qoplanadi. Ustoz va murabbiylarni rag‘batlantirish maqsadida ularning oylik maoshiga 100 foizgacha ustama to‘lash tizimi yo‘lga qo‘yiladi. Ushbu imtiyozlar xususiy ijodiy guruhlarga ham tatbiq etilishi belgilangan.

Jumladan, har yili 100 nafar iqtidorli yoshning davlat hisobidan xorijiy madaniyat va san’at dargohlarida ta’lim olishi ta’minlanadi. Yosh iste’dodlarni aniqlash va ularni qo‘llab-quvvatlash, prodyuserlik loyihalarini rivojlantirish maqsadida “Ijodga investitsiya” jamg‘armasi tashkil etilib, unga yiliga 200 milliard so‘m yo‘naltiriladi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News