
- 0
- 23.05.2026 16:25:00
- 1 min read
Xitoyning shimoliy qismidagi Shansi provinsiyasida joylashgan ko‘mir konida yuz bergan gaz portlashi oqibatida kamida 90 kishi halok bo‘ldi. Aniqlanishicha, fojia joriy yilning 22-may kuni soat 19:29 da “Lyushenyuy” ko‘mir konida sodir bo‘lgan. Hodisa vaqtida yer ostida 247 nafar ishchi bo‘lib, shulardan 201 nafari qutqaruvchilar tomonidan kondan olib chiqilgan.
Xitoy raisi Xi Jinping kon ichida qolayotganlarni qutqarish uchun barcha zarur choralarni ko‘rishga chaqirgan. Shuningdek, u fojia sabablarini chuqur o‘rganish va aybdorlarni javobgarlikka tortish bo‘yicha topshiriq bergan. Shansi provinsiyasi Xitoyning yirik ko‘mir qazib olish hududlaridan biri bo‘lib, tog‘-kon sanoatidagi xavfsizlik muammolari bilan ham tanilgan. So‘nggi yillarda bu yerda ko‘plab ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar qayd etilgan.