
- 0
- 20.07.2026 14:07:00
- 1 min read
Tailandda to‘rt nafar rossiyalik sayyohning sayohati kutilmagan YTH bilan yakunlandi. Golf mashinasini boshqarayotgan ayol tezlikni oshirib yuborgach, burilishlardan birida dugonasi mashinadan tushib ketib, yelkasini sindirdi. Buni ko‘rgan haydovchi ayol harakatlanayotgan golf mashinasidan sakrab tushib, dugonasiga yordam berishga shoshildi. Boshqaruvsiz qolgan golf mashinasi daraxtga borib urildi. Uning ichidagi ikki yo‘lovchi ham jarohat oldi. Hodisa oqibatida sayyohlar ta’tilini muddatidan oldin yakunlab, Rossiyaga qaytishga majbur bo‘ldi.