
- 0
- 05.08.2026 18:55:00
- 1 min read
Jizzax shahrida 21 yoshli bloger Orzigul Urazmatova yo‘l-transport hodisasi oqibatida vafot etdi.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, u boshqaruvidagi Lacetti avtomobili yo‘ldan chiqib, daraxtga urilgan. Aytilishicha, bloger rulda ketayotib video olayotgani sabab boshqaruvni yo‘qotgan.
Hodisa oqibatida og‘ir tan jarohati olgan Orzigul Urazmatova shifoxonaga olib borilgan, biroq shifokorlarning sa'y-harakatlariga qaramay, uning hayotini saqlab qolishning imkoni bo‘lmagan.
Manba: Kun.uz