Qozog‘istonda 19 yoshli o‘zbekistonlik ayol eri bilan janjaldan so‘ng vafot etdi

Qozog‘istonda 19 yoshli o‘zbekistonlik ayol eri bilan janjaldan so‘ng vafot etdi
  • 1
  • 17.08.2026 16:22:00
  • 1 min read

Qozog‘istonning Jambil viloyatida 19 yoshli O‘zbekiston fuqarosi Madina Rashid qizining o‘limi yuzasidan tergov boshlandi.
Fojiadan oldin Madina dugonasiga eri va qaynonasi bilan “bir dona “Barni” sabab” janjallashgani haqida yozgan. Uning aytishicha, u bolasi uchun olib kelingan “Barni”dan bir donasini yegan. Shundan so‘ng qaynonasi bilan tortishuv yuzaga kelgan. Keyin bunga eri ham aralashib, uning boshiga urgan. Shundan so‘ng u uyidan ketib, eri bilan ajrashmoqchi ekanini bildirgan. Madina dugonasiga yig‘ilgan buyumlarining suratini yuborgan va undan qarz so‘ragan. Ko‘p o‘tmay, uning vafot etgani ma’lum bo‘lgan. Marhumaning 8 oylik farzandi yetim qolgan. U homilador bo‘lgan bo‘lishi mumkin, chunki dugonasi bilan yozishmalarida bu haqda ham yozilgan.
Qozog‘iston politsiyasi holat yuzasidan o‘z joniga qasd qilishga yetkazish moddasi bo‘yicha tergov boshlagan.
 

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News