
- 0
- 01.08.2026 15:00:00
- 1 min read
Bangladeshda 13 yoshli qiz sud qarori bilan 7 oylik bolasini qaytarib oldi. Ma’lum qilinishicha, u 11 yoshida Facebook orqali tanishgan 20 yoshli yigitga turmushga chiqib, farzandli bo‘lgan.
Biroq, o‘smir onaning da’vo qilishicha, eri va qaynonasi bolasini undan tortib olib, uni uydan majburan chiqarib yuborgan. Shundan so‘ng u bolasini qaytarib olish uchun sudga murojaat qilgan. Sud bolaning onasiga qaytarilishi haqida qaror chiqargan.
Mazkur voqea Bangladeshda qonunan taqiqlanganiga qaramay, hanuz uchrab turadigan bolalar nikohi hamda voyaga yetmaganlarni ijtimoiy tarmoqlarda himoya qilish muammolariga yana bir bor e’tibor qaratdi.