Zomin – go‘zal manzara va mazali taomlar maskani

Zomin – go‘zal manzara va mazali taomlar maskani
  • 0
  • 26.09.2025 16:45:00
  • 1 daq o'qish

Zomin tumaniga joriy yilning oʻtgan davri davomida 88.575 nafar xorijiy sayyohlar tashrifi kuzatildi. “Sufa platosi 2 400” xalqaro umummavsumiy kurorti hududida “WYNDHAM” brendi asosida 720 oʻringa moʻljallangan 3 ta zamon talablariga mos mehmonxonalar, “Shalle” uslubidagi zamonaviy kottejlar va sog‘lomlashtirish maskanlari mavjud. Tumanda 2025-yil davomida tumanda 18 ta joylashtirish vositalari faoliyati yoʻlga qoʻyiladi. Shundan, 1 ta mehmonxona, 6 ta oilaviy mehmon uyi, 1 ta hostel va 10 ta kapsula, 4 ta turistik tashkilotlar (turoperator va turagentlar) faoliyatini boshlaydi. Bir gap bilan aytganda bugungi kunda Zomin tabiat qo‘ynida dam olish uchun eng yaxshi manzillardan biriga aylanmoqda.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News