
- 21
- 12.11.2026 11:06:00
- 1 daq o'qish
Özbekistonning birinçi xonimi Ziroat Mirziyoyeva Turkiyaning Antaliya şahrida “Nol çiqindi” Global alyansini taşkil etişga bağişlangan yuqori darajadagi uçraşuvda qatnaşdi.
Tadbir davomida tabiiy resurslardan oqilona foydalaniş va çiqindilarni kamaytiriş böyiça xalqaro hamkorlikni mustahkamlaşga qaratilgan “Nol çiqindi” Global alyansi taşkil etilgani eʼlon qilindi.
Ziroat Mirziyoyeva öz nutqida mazkur taşabbusni qöllab-quvvatlab, ekologik taʼlimni rivojlantiriş, yoşlarning atrof-muhitni muhofaza qilişga qaratilgan loyihalarini rağbatlantiriş va ularni amalga oşiriş böyiça qator takliflarni ilgari surdi.
Şuningdek, birinçi xonim COP31 iqlim konferensiyasi doirasida taşkil etilgan Özbekiston milliy pavilyoniga taşrif buyurib, mamlakatning ekologik loyihalari va taşabbuslari bilan tanişdi.