
- 5
- 23.10.2023 07:42:00
- 1 daq o'qish
19-oktabr kuni Surxondaryo viloyati Denov tumanida propan gaz balloniga metan quymoqchi bo‘lgan “Jiguli” portlab ketdi. Hodisa oqibatida ikki kishi halok bo‘lgan.
Denov tumanida yashovchi fuqaro shu tumanda joylashgan “Denov-Mobil” MCHJ qarashli bo‘lgan metan gaz quyish shoxobchasiga propan balloni o‘rnatilgan “VAZ-2106” mashinasini boshqa bir fuqaroning mashinasi yordamida olib kelgan.
Mashinaga metan gaz quyish paytida unga o‘rnatilgan propan balloni portlab ketgan. Oqibatda gaz quyish shoxobchasi ishchisi va “VAZ-2106”ni shoxobchagacha olib kelishda yordam bergan ikkinchi haydovchi voqea joyida halok bo‘lgan.
“Jiguli” haydovchisi tan jarohati olib, shifoxonaga murojaat qilgan. Hozirda hodisa yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.