Zelenskiy Tramp urushni tugatishiga ishonmoqda

Zelenskiy Tramp urushni tugatishiga ishonmoqda
  • 3
  • 18.11.2024 14:03:00
  • 1 daq o'qish

Vladimir Zelenskiy Donald Tramp ma’muriyati Ukrainadagi mojaroga barham berishni tezlashtirishi mumkinligini aytdi. 
“Urush tugaydi, ammo sanasi hozircha noma’lum. Endilikda Oq uyni boshqaradigan yangi jamoaning siyosati bilan urush tezroq tugaydi, bu ularning Amerika jamiyatiga bergan va’dasi. Ular uchun va’dani bajarish juda muhim”, dedi Zelenskiy Public nashriga bergan intervyusida. 
Tramp Ukrainadagi mojaroni imkon qadar tezroq to‘xtatish niyatida ekanini bir necha bor ta’kidlagan. OAVning turli nazariyalariga ko‘ra, Ukraina hududiy yon bosishga majbur bo‘lishi mumkin.
Shuningdek, OAV yozgan boshqa ehtimoliy variantlar orasida Ukraina NATOga 20 yil davomida a’zo bo‘lishdan bosh tortishi ham bor.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News