
- 11
- 15.01.2025 11:07:00
- 1 daq o'qish
Bugun, 15-yanvar kuni Janubiy Koreya prezidenti Yun Sok Yol hibsga olindi. Yun Sok Yol ushlangunga qadar videomurojaat e’lon qilib, hibsga olishni “noqonuniy” deb bilishi, ammo qon to‘kilishining oldini olish uchun tergovchilar va politsiyaga bo‘ysunishga qaror qilganini aytgan. Yun ikkinchi urinishda hibsga olindi. Birinchi urinish 3-yanvar kuni sodir bo‘lgan bo‘lib, Yun Sok Yolni hibsga olish uchun borgan tergovchilar Yun tarafdorlarining qarshiligi bilan uni hibsga olisholmagan edi.
Dekabr oyi boshida Janubiy Koreya prezidenti mamlakatda harbiy holat joriy etishga muvaffaqiyatsiz urinib ko‘rdi, shundan so‘ng parlament uni isyon ko‘tarishga uringanlikda ayblab, 14-dekabr kuni davlat rahbariga impichment e’lon qildi.