
- 8
- 07.12.2024 09:42:00
- 1 daq o'qish
Janubiy Koreya prezidenti Yun Sok Yol harbiy holat joriy etilgani uchun mamlakat fuqarolaridan uzr so‘radi va harbiy holatni qayta joriy qilmaslikka va’da berdi. Shuningdek, Yun o‘z kelajagini hukmron partiya belgilashini aytdi. Hukmron “Xalq kuchi” partiyasi rahbari Xan Dong Xun prezidentning iste’fosini muqarrar deb atadi.
17-dekabr kuni Janubiy Koreya parlamentida prezidentga impichment e’lon qilish masalasi bo‘yicha ovoz berish rejalashtirilgan.