
- 0
- 04.08.2025 14:43:00
- 1 daq o'qish
Samarqand shahridagi “Boqiy shahar” bog‘ida o‘tkazilgan palov festivali doirasida 7 tonna palov tayyorlandi. Tadbir davomida transport tirbandligi yuzaga kelib, bu holatga munosabat bildirgan xonanda Yulduz Usmonovaning keskin tanqidi aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqaldi.
Festivalda 200 dan ortiq palov ustalari, xorijiy oshpazlar ishtirokida tanlovlar, hunarmandchilik va shirinliklar ko‘rgazmalari, shuningdek, konsert va teatrlashtirilgan chiqishlar tashkil etildi.