Yulduz Usmonova falastinliklarga 4 ta uy sovg‘a qildi

  • 3
  • 09.01.2025 12:31:00
  • 1 daq o'qish

 

Yulduz Usmonova O‘zbekistonga evakuatsiya qilingan falastinlik oilalarning bir qismiga uy hadya qildi. Xonanda falastinlik bolalar va ayollar O‘zbekistonga olib kelinganidan keyin 3 kun o‘ziga kelolmay yig‘laganini va ularga qanday yordam berish borasida Saida Mirziyoyeva bilan maslahatlashganini aytdi.

“Turmush o‘rtog‘im bilan qiymati 1 milliard 300 million so‘mlik 2 ta xonadon xarid qildik. Mana shu 2 ta uyni Falastindan kelgan bolalar va ayollarga olyapman deganimdan keyin 2 ta uy 4 ta bo‘ldi. Ushbu xonadonlar to‘liq ta’mirlangan holatda topshirilmoqda,” - dedi Yulduz Usmonova.

 

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News