Sirdaryoda Labo’da tarvuzxo‘rlik qilgan yigitlar qamaldi

  • 12
  • 21.06.2023 08:14:00
  • 1 daq o'qish

Sirdaryo viloyati Sirdaryo tumanida Labo avtomobilining yukxonasiga suv to‘ldirgan holda, yurib ketayotgan vaqtida tarvuzxo‘rlik qilgan to‘rt nafar shaxs 15 sutkaga qamaldi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi Matbuot xizmati xabar berdi. 

Qayd etilishicha, to‘rt nafar yigit 1954 yilda tug‘ilgan Sirdaryo tumani Shirin mahallasida yashovchi fuqaroning Labo'sini uning beshinchi sinfda o‘quvchi o‘g‘lidan olib, mashina yukxonasiga suv to‘ldirgan va yurib ketayotgan vaqtida tarvuzxo‘rlik qilib, mazkur holat aks etgan videoni ijtimoiy tarmoq orqali tarqatgan.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News