
- 3
- 21.08.2025 09:47:00
- 1 daq o'qish
Ispaniyada kutilmagan voqea ro‘y berishi mumkin. “Leganes” klubi yarim himoyachisi Xuan Krus xotini o‘rniga dekret ta’tiliga chiqishni istamoqda. U bunday qarorga kelgan birinchi futbolchi sifatida tarixga kirishi mumkin.
Xabarlarga ko‘ra, Krusning bu qarori klubning uni boshqa jamoaga sotishdan bosh tortganidan keyin yuz bermoqda. “Leganes” La Ligadan tushib ketganidan keyin futbolchi boshqa klubga o‘tishni umid qilgan edi.