Batrakovning 7 yillik armoni ushaldi

Batrakovning 7 yillik armoni ushaldi
  • 5
  • 14.10.2026 11:40:00
  • 1 daq o'qish

Kecha, Chempionlar Ligasi doirasida “Galatasaroy” bu mavsumda yengilmay kelayotgan “Barselona”ni qabul qildi. O‘yinning 1-taymida hatto mezbonlar bir nechta gol urishga yaqin keldi. Ilk golni esa rossiyalik yosh iqtidor egasi Aleksey Batrakov kiritdi.
Uning golidan keyin rossiyalik OAVlar Batrakovning kataloniyaliklarga qarshi avvalgi uchrashuvidan fotoni tarqatishdi.
2019-yilda, atigi 14 yoshida Aleksey Batrakov “Lokomotiv” safida “Barselona”ga qarshi UTLC Cup turnirida penaltini golga aylantira olmagan ekan.
Oradan 7 yil o‘tib, u bu safar “Galatasaroy” libosida asosiy vaqtda kataloniyaliklar darvozasini ishg‘ol qildi. Bir paytlar alamli xotira bo‘lib qolgan raqib darvozasi endi armon emas.
Xansi Flik ham bellashuvdan oldin, u haqida iliq fikr bildirib, “so‘nggi o‘yindan keyin aytishim kerakki, u ajoyib futbolchi. Agar yosh va iste’dodli bo‘lsang, nega orzu qilmasliging kerak? Hamma narsani sinab ko‘rish kerak” degandi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News