
- 7
- 24.03.2023 17:22:00
- 1 daq o'qish
Kerakli masalliqlar:
- 5 osh qoshiq qatiq
- 10-12 dona chernika
- 6 dona qulupnay
- 1 choy qoshiq asal
- 1 osh qoshiq chia urugʻi
Usti uchun:
- 7 dona chernika
- 1 dona kichkina banan
- 1 choy qoshiq chia urugʻi
- 5-6 dona xom bodom
SALAT RETSEPTI QANDAY TAYYORLANADI?
- Qatiqni blenderga soling.
- Qulupnaylarning barglarini olib tashlab ustiga soling.
- Orqasidan chernika, asal va chia urugʻini soling.
- Yaxshilab aralashtiring.
- Aralashmani kosaga soling. Bananni kesing. Ustini bodomlar, chia urugʻi, banan va chernika bilan bezatib dasturxonga torting.