Koreyscha sabzili salat🥕

Koreyscha sabzili salat🥕
  • 3
  • 19.10.2026 10:54:00
  • 1 daq o'qish

Masalliqlar:
1 kg sabzi
5 dona sarimsoq
1 osh qoshiq tuz
1,5 osh qoshiq shakar
1 osh qoshiq kashnich urug‘i (koriandr)
1 osh qoshiq maydalangan qizil qalampir
100-150 ml o‘simlik yog‘i

Tayyorlanishi:
Birinchi sabzini maxsus o‘rtacha tishli qirg‘ichdan chiqarasiz. Keyin sabzi ustiga shakar, tuz, kashnich urug‘i, maydalangan qizil qalampir va sarimsoqni solasiz. Oxirida qizigan o‘simlik yog‘ini quyib, yaxshilab aralashtirasiz. Va yarim soatga muzlatgichga yuborasiz. Salatimiz tayyor!

Yoqimli ishtaha🥰😋

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News