- 10
- 21.02.2023 08:57:00
- 1 daq o'qish
Bugun, 21-fevral oqshomida Yevropa Chempionlar Ligasi 1/8 final bosqichi doirasida 2 ta qiziqarli bellashuv bo‘lib o‘tadi.
Karlo Anchelotti boshqaruvidagi “Real Madrid” klubi Yurgen Klopning “Liverpul”i bilan ro‘baro keladi.
Kechaning ikkinchi bahsi esa Germaniyada bo‘lib o‘tadi. Unda “Ayntraxt” va “Napoli” jamoalari o‘zaro to‘qnash kelishadi.
Do‘stlar, bugun bizni super o‘yinlar kutmoqda! Sizningcha mazkur bahslarda qanday natijalar qayd etiladi? Fikrlaringizni izohlarda yozib qoldiring.