
- 8
- 08.03.2023 14:49:00
- 1 daq o'qish
🧄Masalliqlar:
Go‘sht - 400 gr
Piyoz - 200 gr
Sarimsoq - 5 dona
Zaytun yog‘i - 3 osh qoshiq
Sariyog‘- 1 osh qoshiq
Tomat - 1 osh qoshiq
Uzum sirkasi - 1 choy qoshiq
Tuz - 1 choy qoshiq
Maydalangan qora qalampir- 1 choy qoshiq
Lavr yaprog‘i - 1 dona
👨🏻🍳Tayyorlanishi:
- To‘rtburchak shaklda to‘g‘ralgan go‘shtni yaxshilab yuvib, suvini olish uchun qog‘oz sochiq ustiga qo‘yamiz.
- Qizdirilgan qozonga sariyog‘ solib, sariyog‘ erigandan keyin, go‘shtni yuqori olovda qovuramiz, ustidan tomat solib qovurishni davom ettiramiz.
- Tozalangan sarimsoqni mayda qilib tog‘rab qozonga solamiz.
- Tozalangan piyozlarni butunligicha solib, ustidan ta’bga ko‘ra, murch, tuz, uzum sirkasi va bir dona lavr bargini solamiz.
- Ustidan suv solib, past olovda qaynatishda davom etamiz.
- Taom suvini tortgandan soʻng, likopchaga suzib dasturxonga tortishingiz mumkin.
Yoqimli ishtaha😋