Yangiyo‘l tumani hokimi 6 nafar yordamchisini mas’uliyatsizligi sabab jazoladi

Yangiyo‘l tumani hokimi 6 nafar yordamchisini mas’uliyatsizligi sabab jazoladi
  • 4
  • 18.10.2023 07:36:00
  • 1 daq o'qish

Toshkent viloyatining Yangiyo‘l tumani hokimi Odiljon Ataullayev mahallalarda faoliyat yurituvchi 6 nafar yordamchisini jazoladi. 

Hokim yordamchilarining jazolanishiga, ularning 2023-yilning uchinchi choragi yakunida KPI (eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlari) bo‘yicha tumanda past ko‘rsatkichni qayd etgani sabab bo‘lgan. 

Hokim yordamchilarining jazolanishiga O‘zbekiston Respublikasi prezidentining 2021-yil 3-dekabrdagi “Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha hokim yordamchilari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlamaganligini hamda tuman Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi boshlig‘ining 2023-yil 16-oktyabr kunidagi bildirgisi sabab bo‘lgan, — deydi hokimlik mas’uli. 

Xizmat vazifalarini talab darajasida bajarmagan hamda ish faoliyatiga nisbatan mas’uliyatsizlik bilan yondashgan “G‘alaba” mahallasidagi hokim yordamchisi Ahror Rustamov, “Epkendi”dagi Qurbonali O‘razov, “Bunyodkor”dagi Baxtiyor Ne’matov, “Yangiyo‘l” mahallasidagi Baxtiyor Rahimberdiyev, “Vatan” mahallasidagi Sherali G‘apporov hamda “Xalqobod”dagi Ravshan Rixsiboyevlar o‘rtacha oylik ish haqining 30 foiz miqdorida jarimaga tortilgan.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News