Si Szinpin Xitoy AQSh bilan oʻzaro kelishuv asosida hamkorlik qilishga tayyorligini maʼlum qildi

Si Szinpin Xitoy AQSh bilan oʻzaro kelishuv asosida hamkorlik qilishga tayyorligini maʼlum qildi
  • 6
  • 26.10.2023 10:35:00
  • 1 daq o'qish

Xitoy Xalq Respublikasi rahbarining aniqlik kiritishicha, Pekin Vashington bilan global muammolarni hal qilish, bir-birining taraqqiyotiga ko‘maklashish va umumiy farovonlikka intilish bilan hamkorlik qilishni xohlaydi

Xitoy raisi Si Szinpin Xitoy umumiy farovonlik va butun dunyo manfaati yo‘lida AQSh bilan hamkorlik qilishga tayyorligini ma’lum qildi.

"O'zaro hurmat, tinch-totuv yashash va o'zaro manfaatli hamkorlikning uchta tamoyiliga muvofiq, Xitoy o'zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish va kelishmovchiliklarni to'g'ri hal qilish uchun Amerika tomoni bilan hamkorlik qilishga tayyor", - deya Xitoy davlat rahbarining bayonotidan iqtibos keltiradi Sinxua agentligi. 

Xabarda, shuningdek, Xitoy global muammolarni hal qilish uchun AQSh tomoni bilan hamkorlik qilishni, bir-birlarining taraqqiyotini rag'batlantirishni va "har ikki davlatga va dunyoga foyda keltirishi" uchun umumiy farovonlikka intilishini istashi aytilgan.

AQSh-Xitoy munosabatlari milliy qo'mitasi 1966-yilda AQShda fuqarolik, diniy va ishbilarmon doiralar vakillaridan iborat "Xitoy kuzatuvchilari" tomonidan tashkil etilgan.

Manba: uzreport.uz

 

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News