
- 7
- 21.10.2024 16:03:00
- 1 daq o'qish
Xavi yana murabbiylikka qaytishi mumkin. Al Raya nashrining xabar berishicha, Qatar futbol assotsiatsiyasi ispaniyalik mutaxassisni terma jamoa bosh murabbiyligiga tayinlamoqchi. amoani hozirda Bartolome Markes boshqarmoqda. Qatar 4 uchrashuvda 4 ochko jamg‘arib, JCh-2026 saralash guruhida 4-o‘rinni egallab turibdi. Oxirgi turda qatarliklar Eronga 1:4 hisobida imkoniyatni boy berishdi.
Xavi o‘tgan mavsum oxirida “Barselona” bosh murabbiyligidan bo‘shatilgandi. Bungacha u Qatarning “As-Sadd” klubini boshqargan.