
- 4
- 23.02.2024 12:50:00
- 1 daq o'qish
Angliyaning “Liverpul” klubi “Bayer” ustozi Xabi Alonsoni jamoa bosh murabbiyligiga taklif qilmoqchi. Insayder Florian Plettenbergning ma’lum qilishicha, ingliz klubi rahbariyati ispaniyalik mutaxassisning vakillari bilan ehtimoliy hamkorlik haqida allaqachon bog‘langan. Ma’lumot uchun, “Liverpul” bosh murabbiyi Yurgen Klopp ushbu mavsum yakunida jamoani tark etishini ma’lum qilgan. Xabi Alonso esa 2022-yildan buyon “Bayer”ni boshqarib kelmoqda.
Germaniya chempionatining joriy mavsumida o‘tkazilgan 22-turdan so‘ng ispaniyalik mutaxassis boshchiligidagi “Bayer” 58 ochko bilan turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. “Bavariya” esa 50 ochko bilan 2-o‘rinda bormoqda.