X ijtimoiy tarmog‘i pullik bo‘ladi

X ijtimoiy tarmog‘i pullik bo‘ladi
  • 3
  • 21.10.2023 14:58:00
  • 1 daq o'qish

Sobiq Twitter, X ijtimoiy tarmog‘i pullik bo‘ladi.

Foydalanuvchilardan xabarlar yozish, fikr bildirish va iqtibos keltirish kabi asosiy funksiyalardan foydalanish uchun yillik to‘lov olinadi.

Yangi Zelandiya va Filippinda yaratilgan yangi akkaunt egalari allaqachon bunday cheklovga duchor bo‘lgan. Ular avvalo o‘z telefon raqamlarini tasdiqlashlari, so‘ng pul depozit qilishlari kerak bo‘ladi.

Kompaniya egasi Ilon Maskning so‘zlariga ko‘ra, to‘lov ramziy bo‘ladi, lekin bot akkauntlari bilan kurashishga yordam beradi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News