Dunyo yulduzlari Falastin uchun birlashdi

Dunyo yulduzlari Falastin uchun birlashdi
  • 0
  • 19.09.2025 07:51:00
  • 1 daq o'qish

Londondagi “Birgalikda Falastin uchun” xayriya konserti oldidan Killian Myorfi, Billi Aylish va uning ukasi Finneas, Xoakin Feniks va boshqa dunyo yulduzlari G‘azo va G‘arbiy Sohildagi tinch aholi o‘ldirilishini qoralab, hukumatlarga bosim o‘tkazish, darhol o‘t ochishni to‘xtatish va adolatli tinchlik uchun kampaniyalarni qo‘llab-quvvatlashga chaqirdi. Ular: “Falastin uchun birga. Qirg‘inni to‘xtating. Darhol o‘t ochishni to‘xtating!” degan shiorni birgalikda aytishdi.

Ushbu konsertdan tushgan mablag‘ G‘azodagi insonparvarlik ishlariga yo‘naltiriladi. Bu konsert va ushbu video xalqaro yulduzlarning Falastindagi vaziyatga e’tibor qaratishga qaratilgan eng katta tashabbuslardan biri sifatida baholanmoqda.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News