Dunyoning eng keksa odami 116 yoshni qarshiladi

Dunyoning eng keksa odami 116 yoshni qarshiladi
  • 0
  • 25.08.2025 09:19:00
  • 1 daq o'qish

Britaniyadagi qariyalar uyida istiqomat qilayotgan Etel Katerxem aprel oyida Braziliyalik rohiba, 116 yoshida vafot etgan Ina Kanbarro Lukasdan so‘ng dunyoning eng keksa tirik odami deb e’tirof etilgan.

U 1909-yil 21-avgustda tug‘ilgan bo‘lib, qirol Edvard VII davrida dunyoga kelgan so‘nggi shaxs.

Undan uzoq umr ko‘rish sirini so‘rashganda, Katerham:
–  “Hech kim bilan bahslashmaslik, hammani tinglash va o‘zim yoqtirganimni qilish orqali erishdim”, – deb javob bergan.
Etel Titanik falokatidan uch yil avval tug‘ilgan, Rossiya inqilobidan sakkiz yil oldin dunyoga kelgan va ikki jahon urushini boshdan kechirgan.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News