
- 1
- 02.05.2025 13:00:00
- 1 daq o'qish
30-aprel kuni Braziliyada yashagan rohiba Inax Kanabarro Lukas 116 yosh 326 kunligida vafot etdi. U dunyodagi eng uzoq umr ko‘rgan inson edi.
Lukas yoshligida sog‘ligi zaif bo‘lgan, 1928-yilda rohiba bo‘lgan, keyin dars bergan. U 112 yoshida COVID vaksinasini olib, 113 yoshida virusni yenggan.
U 2024-yilda Tomiko Itookaning o‘limidan so‘ng dunyodagi eng keksa inson deb tan olingan edi. Endi bu unvon Angliyadagi 115 yoshli Etel Katerxemga o‘tdi.