
- 4
- 27.11.2024 15:09:00
- 1 daq o'qish
Dunyodagi eng keksa erkak Jon Alfred Tinnisvud Buyuk Britaniyadagi qariyalar uyida 112 yoshida vafot etdi. Tinnisvud 1912-yil 26-avgustda dunyoga kelgan — o‘sha yili “Titanik” cho‘kib ketgan va Xitoydagi Tsin sulolasining 268 yillik boshqaruvi yakuniga yetgan. 2024-yil aprelda Jon Alfred Tinnisvud dunyodagi eng keksa erkak sifatida Ginnesning rekordlar kitobiga kiritilgan.
Tinnisvudga qadar venesuelalik Xuan Vinsente Peres Mora dunyodagi eng keksa erkagi hisoblangan. U joriy yilning aprelida 114 yoshida vafot etgandi.