Xitoyda dunyodagi eng baland osma ko‘prik qurildi

Xitoyda dunyodagi eng baland osma ko‘prik qurildi
  • 0
  • 19.09.2025 14:40:00
  • 1 daq o'qish

Xitoyda Huazyan–Kanyon osma ko‘prigi ishga tushirildi. Uning yo‘l qismi 625 metr balandlikda joylashgan bo‘lib, bu Eyfel minorasidan ikki baravar baland. Ko‘prik uzunligi qariyb 3 kilometrni tashkil etadi. Sinovda ko‘prikka bir vaqtning o‘zida 3,3 ming tonna yuk ortilgan 96 ta yuk mashinasi kirib, u mustahkamligini namoyish qildi. Yangi yo‘l tog‘li hududlar o‘rtasidagi safar vaqtini bir soatdan bir necha daqiqagacha qisqartiradi. Qurilish 3,5 yil davom etdi va 283 million dollarga tushdi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News