Saudiya Arabistonida dunyodagi ilk shifokorsiz klinika ishga tushdi

Saudiya Arabistonida dunyodagi ilk shifokorsiz klinika  ishga tushdi
  • 0
  • 19.05.2025 16:30:00
  • 1 daq o'qish

Saudiya Arabistonida dunyodagi birinchi shifokorlarsiz klinika ochildi. Xitoyning Synyi AI kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan sun’iy intellekt shifokori Dr. Hua bemorlarni planshet orqali qabul qilib, shikoyatlarni to‘playdi, tibbiy ko‘rsatkichlarni tahlil qiladi va davolash rejasini beradi. Hozirda Dr. Hua faqat nafas olish kasalliklarini davolaydi. Bir necha o‘nlab bemorlar allaqachon bu xizmatdan bepul foydalanishdi. Sinovlar yakunlangach, diagnostika ma’lumotlari Saudiya Arabistoni hukumatiga tasdiqlash uchun yuboriladi. Ruxsatnoma 18 oy ichida berilishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xitoyda dunyodagi ilk sun’iy intellekt shifoxonasi ochilishi haqida xabar bergandik.
 

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News