
- 1
- 14.08.2025 15:10:00
- 1 daq o'qish
AQShning Merilend universiteti olimlari is gazidan zaharlanishga qarshi RcoM-HBD-CCC nomli yangi preparat ishlab chiqdi. U qondagi is gazini gubka kabi tezda tutib olib, chiqarib yuboradi va kislorod yetkazilishini tiklaydi. Sichqonlarda o‘tkazilgan sinovlarda dori samarali bo‘lib, arterial bosimga ta’sir qilmagan. Kelajakda u tezkor yordamda zaharlanishni davolashda qo‘llanilishi kutilmoqda.