
- 1
- 25.03.2025 09:24:00
- 1 daq o'qish
Finlyandiyalik olimlar qishloq aholisini hisoblashda yo‘l qo‘yilgan xatolar tufayli dunyo aholisi rasmiy ko‘rsatkichlardan bir necha milliardga ko‘p bo‘lishi mumkinligini aniqladi. Tadqiqotchilar 1975-2010 yillardagi ma’lumotlarni tahlil qilib, qishloq aholisi 53-84 foizga kam baholanganini aniqladi. Ular aholini hisoblash usullarini qayta ko‘rib chiqishni taklif qilishmoqda, chunki hatto kichik farqlar ham davlat xizmatlarini rejalashtirish va iqlim o‘zgarishi ta’sirini bashorat qilishda muhim rol o‘ynaydi. Ba’zi ekspertlar zamonaviy texnologiyalar xatolik darajasini kamaytirishi mumkinligini ta’kidlamoqda.