JCH–2026: O‘zbekiston debyutda Kolumbiyaga 1:3 hisobida mag‘lub bo‘ldi

JCH–2026: O‘zbekiston debyutda Kolumbiyaga 1:3 hisobida mag‘lub bo‘ldi
  • 4
  • 18.06.2026 10:59:00
  • 1 daq o'qish

Jahon chempionati “K” guruhining 1-turida O‘zbekiston milliy terma jamoasi Mexikodagi “Atsteka” stadionida Kolumbiyaga qarshi maydonga tushdi va 1:3 hisobida mag‘lub bo‘ldi.
Birinchi bo‘limda Kolumbiya 41-daqiqada hisobni ochdi. Ikkinchi bo‘limda O‘zbekiston 61-daqiqada Abbosbek Fayzullayev goli bilan muvozanatni tikladi — bu O‘zbekistonning Jahon chempionatlari tarixidagi ilk gol bo‘ldi.
Biroq Kolumbiya 66-daqiqada yana oldinga chiqib oldi va keyinchalik uchinchi golni ham urib, g‘alabani mustahkamladi.
Shu tariqa, O‘zbekiston JCHdagi ilk o‘yinini mag‘lubiyat bilan yakunladi.
 

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News