Dunyo korrupsiya reytingi e’lon qilindi: O‘zbekiston 124-o‘rinda

Dunyo korrupsiya reytingi e’lon qilindi: O‘zbekiston 124-o‘rinda
  • 0
  • 06.06.2026 10:27:00
  • 1 daq o'qish

Dunyo bo‘yicha korrupsiya darajasi bo‘yicha yangi reyting e’lon qilindi. Transparency International ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatlar davlat sektoridagi korrupsiya darajasi asosida baholangan.

Unga ko‘ra, O‘zbekiston 31 ball bilan 124-o‘rinni egalladi. Mamlakat korrupsiyaga qarshi kurashda biroz yaxshilanish qayd etgan bo‘lsa-da, muammo hali ham dolzarb bo‘lib qolmoqda. Markaziy Osiyo davlatlari orasida Qozog‘iston 96-o‘rin bilan eng yaxshi natijani ko‘rsatgan. Qirg‘iziston 142-o‘rinda, Tojikiston 166-o‘rinda, Turkmaniston esa 167-o‘rinda joylashgan.

Reyting 0 dan 100 gacha bo‘lgan shkala asosida tuzilgan: 0 — yuqori korrupsiya, 100 — korrupsiyasiz tizimni anglatadi. Dunyo bo‘yicha o‘rtacha ko‘rsatkich 42 ballni tashkil etgan. Eng kam korrupsiyalashgan davlatlar qatorida Daniya, Finlyandiya, Singapur va Yangi Zelandiya yetakchilik qilmoqda. Eng past natija esa Janubiy Sudanga tegishli.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News